35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Tuman Kengashi deputati Sh. Ahmedova “Yangi Zamin” mahallasida ijtimoiy xodimning ish samaradorligini o‘rgandi va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini tahlil qildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

🔹 Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, fuqarolarga zarur ko‘makni o‘z vaqtida yetkazish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

📍 Deputatlar tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi murojaatlari va ehtiyojlarini joyida tahlil qilish, mavjud masalalarni aniqlash hamda ularning yechimiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.