Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
"Ochiq budjet" g‘olibi bo‘lgan mahalla ko‘chalarida bajarilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi Deputat Z.Raximberganova “Nurobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi 1-sonli maktabda qo‘shimcha bino qurilishi va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Sayyor o‘rganish davomida murojaat tinglandi
янв.21
Ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar muammolari o‘rganildi
янв.21
Paxta yig‘im-terimi jarayoni
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
Yuksalish sari dadil qadamlar

Mahallada 300 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan yirik loyiha ishlari boshlandi. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida ko‘plab oilalarning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlashda muhim qulaylik yaratiladi.

Shuningdek, hududda 90 o‘ringa mo‘ljallangan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkazilib, hozirda foydalanishga topshirishga tayyor holatga keltirilgan. Zamonaviy bog‘chaning ishga tushirilishi mahalladagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun munosib sharoit yaratish bilan birga, ota-onalarga ham katta qulaylik beradi.

Bundan tashqari, “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida mahalladagi 3 kilometr yo‘l asfalt qilindi. Bu esa aholining erkin va xavfsiz harakatlanishi, transport qatnovining yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tuman Kengashi deputatlari Q. Chorshanbiyev, D. Shoimqulova va R. Mengziyayevalar yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi, yaratilayotgan sharoitlar hamda aholi uchun kutilayotgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdilar.

Yuksalish mahallasidagi bunday amaliy ishlar hududning yanada obod qiyofa kasb etishi va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4