Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
"Ochiq budjet" g‘olibi bo‘lgan mahalla ko‘chalarida bajarilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi Deputat Z.Raximberganova “Nurobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi 1-sonli maktabda qo‘shimcha bino qurilishi va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Sayyor o‘rganish davomida murojaat tinglandi
янв.21
Ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar muammolari o‘rganildi
янв.21
Paxta yig‘im-terimi jarayoni
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
Eski simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi

Eski simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva tomonidan saylov okrugi hududida aholi bilan muloqotlar davomida bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini Og‘ar qishlog‘idagi eskirgan va aholi xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish masalasi ko‘tarildi.
⚡️Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
⚡️Deputatlik so‘rovi tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari tomonidan nazoratga olinib, mas’ul xodimlar ishtirokida muammoli hududda zarur ishlar amalga oshirildi. Natijada Og‘ar qishlog‘idagi eskirgan simyog‘ochlar yangilariga almashtirilib, elektr tarmog‘ining texnik holati yaxshilandi.
⚡️Eng muhimi, aholi murojaati e’tiborsiz qoldirilmay, deputatlik so‘rovi asosida qisqa muddatda amaliy yechim topdi.
⚡️Bunday ishlar deputatlik nazoratining aholi uchun muhim bo‘lgan muammolarni hal etishdagi ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatadi. Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4