Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
"Ochiq budjet" g‘olibi bo‘lgan mahalla ko‘chalarida bajarilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi Deputat Z.Raximberganova “Nurobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi 1-sonli maktabda qo‘shimcha bino qurilishi va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Sayyor o‘rganish davomida murojaat tinglandi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar muammolari o‘rganildi
янв.21
Paxta yig‘im-terimi jarayoni
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
Aholi murojaati e’tiborda: tomorqalarni sug‘orishdagi suv muammosi bartaraf etildi

Aholi murojaati e’tiborda: tomorqalarni sug‘orishdagi suv muammosi bartaraf etildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov tomonidan saylov okrugi hududidagi aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish jarayonida Namgoni, Yobu va Qurilish qishloqlarida tomorqa yer maydonlarini sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo aniqlangan edi.
➡️Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘llanib, aholi tomorqalarini o‘z vaqtida sug‘orish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini asrab qolish hamda fuqarolarning daromad manbalarini ta’minlash uchun muammoni tezkorlik bilan hal etish so‘ralgan.
➡️Deputatlik so‘rovi natijasida masalaga mas’ul mutasaddilar tomonidan alohida e’tibor qaratildi. Tuman suv yetkazib berish davlat muassasasi direktori D. Marupov tashabbusi bilan muammo joyiga chiqqan holda o‘rganilib, zarur amaliy choralar ko‘rildi. Natijada Namgoni, Yobu va Qurilish qishloqlarida tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv yetkazib berish masalasi bartaraf etildi.
➡️Mazkur holat deputatlik so‘rovlarining aholi muammolarini hal etishdagi amaliy ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. Eng muhimi, fuqarolarning murojaati e’tiborsiz qolmay, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni joyida hal etishga erishildi.
➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlarga yetkazish va ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2