35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Mahalladagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
🌾 Paxta terimi jarayoni o‘rganildi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI 🗓 2026-yil 21–26-sentabr kunlari uchun haftalik ish rejasi
янв.21
🌟 Tuman brendini shakllantirish imkoniyatlari – kelajak qiyofasi va o'ziga xoslik!
янв.21
📈 Xizmatlar sohasi – iqtisodiyotimizning jadal rivojlanayotgan drayveri!
янв.21
🏛️ Hududning turizm salohiyati – qadimiy tarix va zamonaviy sayohat uygʻunligi!
янв.21
🔄 Mahalliy ishlab chiqarish – iqtisodiy mustaqillik va import oʻrnini bosish kafolati!
янв.21
🌍 Tuman eksport salohiyati va eksport geografiyasi – jahon bozoriga yoʻl!
янв.21
🏭 Yangi korxonalar ochilishi – hudud iqtisodiyotining asosiy drayveri!
янв.21
🏗️ Tuman hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari – taraqqiyotimizning yangi bosqichi!
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLAR NAZORATIDA

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan “Ahil” MFY hududida joylashgan 315-sonli umumta’lim maktabida 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, issiqlik tizimlari, isitish uskunalarining sozligi, bino va xonalarning qish mavsumida foydalanishga tayyorligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mavsum davomida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida mas’ullar bilan tegishli masalalar muhokama qilindi.

🏫Deputatlik nazorati — Amaliy natija uchun

💡Joyiga chiqib o‘rganishlar orqali mavjud kamchiliklarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish va ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumini barqaror hamda xavfsiz o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan choralar belgilanmoqda.

🇺🇿 Inson qadri — har narsadan ustun!


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 6