35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova Marina “Ahilobod” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

✅O‘rganishlar davomida yerto‘lalardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, xususan, issiqlik va suv ta’minoti quvurlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan quvurlarni ta’mirlash va profilaktik ishlar amalga oshirildi.

👉Mazkur tadbirlar kuz-qish mavsumida ko‘p qavatli uylarni barqaror issiqlik va suv ta’minoti bilan ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish hamda aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda mavsumiy tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.