Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov Ravshan Abilovich “Shayx Shibliy” mahallasi raisi bilan birgalikda mahallada kam ta’minlangan va ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.
✅Suhbat davomida ehtiyojmand aholiga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy ko‘mak choralari, fuqarolarning murojaatlari hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish masalalari muhokama qilindi.
✅Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mahalla bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
📝Aniqlangan masalalarni deputatlik nazoratiga olish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.