Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
"Ochiq budjet" g‘olibi bo‘lgan mahalla ko‘chalarida bajarilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi Deputat Z.Raximberganova “Nurobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi 1-sonli maktabda qo‘shimcha bino qurilishi va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Sayyor o‘rganish davomida murojaat tinglandi
янв.21
Ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar muammolari o‘rganildi
янв.21
Paxta yig‘im-terimi jarayoni
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-“Xisorak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich o‘zi saylangan okrugdagi “Chinorbuloq” mahallasida bo‘lib,“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, mahalladagi hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning daromadlarini oshirish borasidagi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida hokim yordamchisi J.Tojiboyev tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni aniqlash,ularni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Shuningdek, fuqarolarning bandligini ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganishlar davomida yil boshidan buyon 12 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilgani ma’lum bo‘ldi.Mazkur mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish, tashkil etilgan faoliyatlarning barqarorligini ta’minlash hamda yangi daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.Nazorat tadbiri yakunida hududda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va daromadi past oilalarni qo‘llab-quvvatlash,ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligini oshirish, har bir xonadon bilan individual ishlash, ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish holatini o‘rganib borish,kredit olgan fuqarolarning faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish va yaratilayotgan ish o‘rinlarining barqarorligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 3