Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan mas’ul tashkilotning aholiga ko‘rsatayotgan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida mahallada chiqindilarni yig‘ish va maxsus transport vositalari orqali belgilangan joylarga olib chiqib ketish ishlari yo‘lga qo‘yilgani, xizmat ko‘rsatish jarayoni davom etayotgani kuzatildi. Shu bilan birga, aholi bilan muloqot jarayonida chiqindilarni olib chiqib ketishda xizmat ko‘rsatuvchi “Rahnamo Servis” MChJ belgilangan grafikka har doim ham to‘liq rioya etilmayotgani bilan bog‘liq e’tirozlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim holatlarda chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilmasligi natijasida chiqindi to‘planadigan joylarda maishiy chiqindilarning ortiqcha yig‘ilib qolishi, bu esa hududning sanitariya va obodonlik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🟢Deputat tomonidan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini aholiga sifatli va belgilangan tartibda ko‘rsatish, tasdiqlangan grafikka qat’iy amal qilish, maxsus texnikalarning belgilangan vaqtda hududlarga chiqishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. O‘rganish yakunida chiqindilarni olib chiqib ketish grafigiga rioya etilishini ta’minlash, xizmat sifatini oshirish va aholi tomonidan bildirilayotgan e’tirozlarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3