35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Milliy liboslar — milliy qadriyatlarimiz ko‘zgusi!
янв.21
🤝 Saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot — samarali deputatlik faoliyatining ustuvor mezonidir!
янв.21
📌 Ko‘chama-ko‘cha yurish natijasida aniqlangan muammo — deputat nazoratida!
янв.21
🎒 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga amaliy ko‘mak
янв.21
📚 Kutubxonalar holati — e’tibor markazida!
янв.21
📌 Dastur bajarilishi — deputat nazoratida!
янв.21
🇺🇿 “Pastom” mahallasida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari
янв.21
🔎 Mahalladagi hamkorlik — deputatlik o‘rganishida
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI
янв.21
📌 SOG‘LOM OILA — BARQAROR JAMIYAT POYDEVORI
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK: HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Yunusobod tumanidagi «Qo‘shchinor» mahallasida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov Yuldashbek tashabbusi bilan mahalla hududida keng ko‘lamli tozalash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, daraxtlarning qurigan va sinib qolgan shoxlari kesilib, hududdan olib chiqilmoqda, ariqlar esa turli chiqindilar va to‘planib qolgan axlatlardan tozalanmoqda.

🌿 Shuningdek, ko‘cha va ichki hududlar sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni yig‘ishtirish, obodonlashtirish hamda hududning umumiy ko‘rinishini yanada chiroyli va ozoda holatga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

👉Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mahallalarni obod va fayzli maskanga aylantirish, bayramni munosib kutib olish hamda aholi uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan amaliy tadbirlarning uzviy davomidir.

🌿Obod hudud — farovon mahalla, fayzli xonadonlar garovidir!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3