35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Milliy liboslar — milliy qadriyatlarimiz ko‘zgusi!
янв.21
🤝 Saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot — samarali deputatlik faoliyatining ustuvor mezonidir!
янв.21
📌 Ko‘chama-ko‘cha yurish natijasida aniqlangan muammo — deputat nazoratida!
янв.21
🎒 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga amaliy ko‘mak
янв.21
📚 Kutubxonalar holati — e’tibor markazida!
янв.21
📌 Dastur bajarilishi — deputat nazoratida!
янв.21
🇺🇿 “Pastom” mahallasida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari
янв.21
🔎 Mahalladagi hamkorlik — deputatlik o‘rganishida
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI
янв.21
📌 SOG‘LOM OILA — BARQAROR JAMIYAT POYDEVORI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Danayev tomonidan Amir Temur mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, xonadonlarda daromadli mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish hamda fuqarolarga imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan ishlashni yanada kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.