35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Milliy liboslar — milliy qadriyatlarimiz ko‘zgusi!
янв.21
🤝 Saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot — samarali deputatlik faoliyatining ustuvor mezonidir!
янв.21
📌 Ko‘chama-ko‘cha yurish natijasida aniqlangan muammo — deputat nazoratida!
янв.21
🎒 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga amaliy ko‘mak
янв.21
📚 Kutubxonalar holati — e’tibor markazida!
янв.21
📌 Dastur bajarilishi — deputat nazoratida!
янв.21
🇺🇿 “Pastom” mahallasida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari
янв.21
🔎 Mahalladagi hamkorlik — deputatlik o‘rganishida
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI
янв.21
📌 SOG‘LOM OILA — BARQAROR JAMIYAT POYDEVORI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #deputatlik_soʻrovi “Bog‘zor” mahallasida elektr ta’minoti masalasi deputatlik nazoratiga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish maqsadida “14-Bog‘zor” saylov okrugida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Bog‘zor” mahallasi Boborahim Mashrab ko‘chasida yashovchi fuqarolar ko‘chadagi elektr simyog‘ochlari eskirib, o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lganini ma’lum qildi. Aholi eskirgan ustunlarni yangi beton ustunlarga almashtirishda amaliy yordam so‘radi.

Mazkur holat nafaqat elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishi, balki aholi va ularning mol-mulki xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi bilan ham dolzarb ahamiyatga ega.
Fuqarolar murojaati e’tiborsiz qoldirilmadi. Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sh.Ochilovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Boborahim Mashrab ko‘chasidagi eskirgan elektr simyog‘ochlarini bosqichma-bosqich zamonaviy beton ustunlarga almashtirish, elektr uzatish tarmoqlarining texnik holatini ko‘zdan kechirish hamda aholini sifatli, barqaror va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish so‘raldi.