Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
"Ochiq budjet" g‘olibi bo‘lgan mahalla ko‘chalarida bajarilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi Deputat Z.Raximberganova “Nurobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi 1-sonli maktabda qo‘shimcha bino qurilishi va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Sayyor o‘rganish davomida murojaat tinglandi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar muammolari o‘rganildi
янв.21
Paxta yig‘im-terimi jarayoni
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
“24 ta muhim yo‘nalish” amalda: "Xo'janqon" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi

Angor tumanidamahalliy Kengash deputatlari faoliyatining natijadorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” dasturi doirasida tizimli o‘rganishlar davom etmoqda.

🗣Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 8-Xo'janqon saylov okrugi deputat Sh.Aminqulov "Xo'janqon" mahallasiga tashriflari doirasida aholi bandligini ta'minlash bo'yicha amaliy natijalar bilan tanishdilar.

Deputatlar dasturning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan — hududda yangi ish o‘rinlari yaratish va hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini tahlil qilish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

Mahalla hokim yordamchisi tashabbusi bilan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga tashkil etilgan sartaroshxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Bugungi kunda ushbu tadbirkorlik subyekti nafaqat mahalla aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda, balki yangi ish o‘rni yaratilishiga ham xizmat qilmoqda. Deputatlar hokim yordamchisining ushbu tashabbusini yuqori baholab, bunday samarali ish uslubini shahar miqyosida ommalashtirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.

Maqsadimiz — har bir mahalla fuqarosi uchun munosib ish o‘rni va barqaror daromad manbai yaratishdir!

Slide 1 of 1