Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi ishlar va mavjud muammolarni muhokama qildilar.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida mahalla raisi tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning ta’mirga ehtiyoji, ayrim ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurati hamda elektr energiyasi ta’minotida uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammolar yechimini nazoratga olish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, mahalla faoliyatini samarali tashkil etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida deputat va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash, hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.