35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏛 DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Yo‘ldoshova Oyimjon Qurvonnozarovna tomonidan Royat mahallasi, Oy nuri ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
⚡️ Hududda elektr kuchlanishining me’yor darajasida emasligi, ayrim vaqtlarda keskin pasayishi hamda buning natijasida maishiy texnikalarning normal ishlamay qolayotgani yoki ishdan chiqayotgani aniqlangan.
🔎 Deputat so‘rovida quyidagi masalalar ko‘tarildi:
1️⃣ Elektr tarmog‘ining texnik holatini joyiga chiqib o‘rganish;
2️⃣ Kuchlanish pasayishining sabablarini aniqlash va bartaraf etish;
3️⃣ Zarur hollarda transformator quvvatini oshirish yoki yangi transformator o‘rnatish;
4️⃣ Eskirgan sim va kabellarni yangilash, SIP kabel tarmoqlarini tortish;
5️⃣ Mas’ul tashkilot va ishlarni bajarish muddatlarini belgilash;
6️⃣ Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumot va texnik xulosalarni taqdim etish.
⏳ Javob muddati: deputat so‘rovi yuzasidan 10 kun muddatda yozma va asoslantirilgan javob taqdim etilishi belgilangan.
⚠️ Eslatma: deputat so‘rovini belgilangan tartibda ko‘rib chiqmaslik yoki muddatlarini asossiz buzish mansabdor shaxslarga jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.
💡 Barqaror elektr ta’minoti — xavfsiz va farovon hayot kafolati!