XORIJDAGI YOSH VATANDOSHLAR BILAN MA’RIFIY UCHRASHUV
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Hasanov Baxtiyor xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun tashkil etilgan “ANOR” loyihasi doirasidagi yozgi oromgoh dasturida ishtirok etdi.
🤝Uchrashuv davomida Birinchi va Ikkinchi Renessans allomalari hamda jadid ma’rifatparvarlarining xalqimiz tarixidagi o‘rni, ilm-fan, ta’lim va milliy ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr almashildi.
📚Shuningdek, yosh vatandoshlarga ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy xotirani asrab-avaylash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va bugungi Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida ma’lumotlar berildi.
💬Tadbir samimiy muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar.
🌎Mazkur uchrashuv xorijda yashayotgan yosh vatandoshlarda O‘zbekiston tarixi, milliy o‘zlik, ona tilimiz va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, ularni Vatan bilan mustahkam aloqada bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan bunday ma’rifiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yosh avlodning tarixiy va ma’naviy bilimlarini yuksaltirishga xizmat qiladi.