XISLAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A. Ismailov, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov, XDP Olmazor tuman Kengashi raisi X. Xamidov hamda Xislat mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida mahalla hududida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
📍 O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, obodonlashtirish ishlari, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holati, tashqi yoritish tizimi, kommunal infratuzilma hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
💬 Mahalla faollari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🤝 Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash, fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda mahallalarda mavjud muammolarni tizimli hal etish borasidagi bunday o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.