35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📍 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik holati o‘rganildi
янв.21
💰 Qo'shimcha byudjet mablag'lari qanday yo'naltirilmoqda? Sessiya qarori ijrosi o'rganildi
янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Aholi yo‘li to‘silib qolgani bo‘yicha muammo o‘rganildi!
янв.21
📌 Deputat so‘rovi – fuqarolar muammolarini hal etishning samarali vositasi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 Hamkorlikni kuchaytirish va muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 24-masala bo‘yicha o‘rganish: Mahallada tibbiy xizmat ko‘rsatish holati nazoratda
янв.21
📌 Payshanba – Yoshlar kuni: yoshlar yetakchilari bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA

Yurtimizda e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarni obodonlashtirish, yashil hududlarni asrab-avaylash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Xusainov Alisher Abduvahobovichga Chilonzor tumani “Bek to‘pi” mahallasi 3-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar Sulaymonova Lola va Yusupova Muborak tomonidan uy oldi hududidagi ayrim daraxtlarning tag qismi beton bilan qoplanib qolgani, bu esa daraxtlarning parvarishi va sog‘lom rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, masalani bartaraf etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rildi. Natijada daraxtlarning beton bilan qoplangan tag qismlari ochilib, atrofi tartibga keltirildi hamda hudud obodonlashtirildi.
Ushbu sa’y-harakatlar natijasida daraxtlarning erkin nafas olishi va sog‘lom o‘sishi uchun qulay sharoit yaratildi, yashil hududning ekologik holati yaxshilanib, mahalla yanada fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etdi.
Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, ularni amaliy yechimlar orqali hal etish hamda yashil hududlarni asrab-avaylash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar mahallalarda qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
🌿Har bir asrab-avaylangan daraxt — ekologiyaga qo‘shilgan hissa, har bir obod hudud esa mahalla ravnaqi va kelajak avlodlar farovonligi yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir.

Slide 1 of 6