35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📍 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik holati o‘rganildi
янв.21
💰 Qo'shimcha byudjet mablag'lari qanday yo'naltirilmoqda? Sessiya qarori ijrosi o'rganildi
янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Aholi yo‘li to‘silib qolgani bo‘yicha muammo o‘rganildi!
янв.21
📌 Deputat so‘rovi – fuqarolar muammolarini hal etishning samarali vositasi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 Hamkorlikni kuchaytirish va muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 24-masala bo‘yicha o‘rganish: Mahallada tibbiy xizmat ko‘rsatish holati nazoratda
янв.21
📌 Payshanba – Yoshlar kuni: yoshlar yetakchilari bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi
GULAKANDOZ MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 GULAKANDOZ MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. To‘rayev tomonidan Gulakandoz mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🏫 Murojaat davomida fuqarolar 15-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga olib boruvchi yo‘lga yangi asfalt qoplamasi yotqizish hamda piyodalar xavfsiz harakatlanishi uchun zamonaviy trotuar barpo etish zarurligini ta’kidladilar.

🔎 Deputat tomonidan murojaat joyida o‘rganilib, mazkur masalaning dolzarbligi va aholining kundalik hayoti uchun muhimligi inobatga olindi.

📨 O‘rganish natijalariga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘lagini qurish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy choralar ko‘rish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.