O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi faoliyat tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tasarrufidagi "XXI ASR" gazetasi mas'ul muharriri, jurnalist, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi hamda partiya faoli, shoira Nurxon Elmirzayevaning "Ko‘ngil tovushlari" nomli ilk she’riy to‘plami Zomin tumanining olis va chekka hududlaridagi kitobxonlarga yetkazildi.