35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Fuqarolar muammolari – deputat e’tiborida!
янв.21
🤝 Hamkorlik – muammolar yechimining muhim omili!
янв.21
🏛 Qonun ijrosi – deputat nazoratida!
янв.21
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.A. Duschanovning 2026-yil 1-yarim yillik hisoboti tinglandi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Zokir Rahmonovning 2026-yil I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
янв.21
💡 Fuqarolar murojaati – deputat e’tiborida!
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📍 Siyosiy partiyalar Kengash raislari bilan seminar o’tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
🌿 YOSHLAR — OBODLIK TASHABBUSKORLARI!
Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim U. Sadikov faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ijtimoiy himoya choralarining samaradorligi, murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash tizimi atroflicha tahlil qilindi. Xususan, yakka yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar hamda doimiy parvarishga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholidan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, ularda ko‘tarilgan moddiy yordam, ijtimoiy nafaqalar va xizmatlardan foydalanish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, tibbiy xizmat masalalari bo‘yicha muhokama tashkil etildi.

Slide 1 of 1