35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Fuqarolar muammolari – deputat e’tiborida!
янв.21
🤝 Hamkorlik – muammolar yechimining muhim omili!
янв.21
🏛 Qonun ijrosi – deputat nazoratida!
янв.21
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.A. Duschanovning 2026-yil 1-yarim yillik hisoboti tinglandi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Zokir Rahmonovning 2026-yil I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
янв.21
💡 Fuqarolar murojaati – deputat e’tiborida!
янв.21
📍 Siyosiy partiyalar Kengash raislari bilan seminar o’tkazildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
🌿 YOSHLAR — OBODLIK TASHABBUSKORLARI!
Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi

Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati D. Sattarova navbatdagi 32-sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan "Taraqqiyot" mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi murojaatlari bilan ishlash borasida belgilab bergan ustuvor vazifalari ijrosi, Xalq qabulxonasi hamda hududdagi tashkilot va muassasalar rahbarlarining fuqarolar murojaatlari va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy va adolatli yechimini ta’minlash, rahbarlarning aholi bilan ochiq muloqotini kuchaytirish hamda hududda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Deputat tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan mazkur masalaning ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobdorligini yanada oshirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.