35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Zafarbek Dovletov Pastom mahallasidagi elektr muammosini koʻtardi
янв.21
📌 Deputat aralashuvi bilan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
📌 Deputat nazorati kuchaymoqda: “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilotdagi hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasiga 61 million so‘m mablag‘ ajratildi
янв.21
📌 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi: daromadlar reja oshig‘i bilan bajarildi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI
янв.21
📌 Mahallalar jamg‘armasi mablag‘lari ijrosi yuzasidan hisobot tinglandi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash holati Kengash sessiyasida muhokama qilindi
20-Gulzor saylov okrugi deputatlari tashabbusi bilan Kimyogar MFY-1da bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

20-Gulzor saylov okrugi deputatlari tashabbusi bilan Kimyogar MFY-1da bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktik tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 20-Gulzor saylov okrugi deputatlari Nilufar Uralovna va Feruza Mardonovna tashabbusi bilan Kimyogar MFY-1 hududida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida mahalla aholisi malakali shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Fuqarolarning salomatlik holati baholanib, ularga zarur tibbiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda fuqarolarga sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir mahalla aholisi tomonidan iliq kutib olindi. Ishtirokchilar bunday ezgu tashabbuslar aholining salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va fuqarolarning tibbiy madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.

Kelgusida ham aholi manfaatlarini ko‘zlagan, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohasiga qaratilgan bunday amaliy tadbirlarni muntazam tashkil etish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 3