35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Zafarbek Dovletov Pastom mahallasidagi elektr muammosini koʻtardi
янв.21
📌 Deputat aralashuvi bilan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
📌 Deputat nazorati kuchaymoqda: “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilotdagi hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasiga 61 million so‘m mablag‘ ajratildi
янв.21
📌 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi: daromadlar reja oshig‘i bilan bajarildi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI
янв.21
📌 Mahallalar jamg‘armasi mablag‘lari ijrosi yuzasidan hisobot tinglandi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash holati Kengash sessiyasida muhokama qilindi
#o'rganish #nazorat #ijro
Kuni kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan "Ko'rpasoy" mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari, ko‘chalarning tunda yoritilishi hamda obodonlashtirish ishlari holati joyiga chiqqan holda o‘rganilgan edi.

Mahalla "yettiligi" (mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqalar) ishtirokida o‘tkazilgan ushbu ko‘zdan kechirish jarayonida hududdagi mavjud holat yuzasidan haqli e’tirozlar bildirildi. Xususan, obodonlashtirish ishlari sust bajarilganligi, yo‘l chetidagi yovvoyi o‘tlar o‘sib ketganligi va hududning abgor holati qattiq tanqid ostiga olingan edi.

📸 HOLAT: OLDIN VA KEYIN
🛑 OLDIN: Mahalla ichki ko‘chalarida obodonlashtirish ishlari e’tibordan chetda qolgan, yo‘l chetlari va ariq bo‘ylarini yovvoyi o‘tlar qoplab yotgan edi. Bu esa aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

✅ KEYIN (BUGUN): Bildirilgan tanqidiy fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan mahalla "yettiligi" va mutasaddilar zudklik bilan ishga kirishishdi. Kamchiliklar nazoratga olinib, hududda keng ko‘lamli tozalash ishlari tashkil etildi. Bugungi kunda mahalla ko‘chalari ortiqcha chiqindi va o‘tlardan tozalanib, batamom obod va ozoda holatga keltirildi.

Xulosa o‘rnida: Deputatlarning ushbu nazorat tadbiri mahalladagi muammolarning tezkor va sifatli hal etilishiga turtki bo‘ldi. Hudud obodligi va tunda yoritish tizimini yanada yaxshilash borasidagi ishlar shahar Kengashi hamda hokimlik nazoratida davom etadi.
Slide 1 of 7