35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Zafarbek Dovletov Pastom mahallasidagi elektr muammosini koʻtardi
янв.21
📌 Deputat aralashuvi bilan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
📌 Deputat nazorati kuchaymoqda: “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilotdagi hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasiga 61 million so‘m mablag‘ ajratildi
янв.21
📌 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi: daromadlar reja oshig‘i bilan bajarildi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI
янв.21
📌 Mahallalar jamg‘armasi mablag‘lari ijrosi yuzasidan hisobot tinglandi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash holati Kengash sessiyasida muhokama qilindi
BOʻZSUV MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINI TAʼMIRLASH MASALASI DEPUTATLIK SOʻROVI ORQALI KOʻTARILDI

 Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Tojiyev Dostonjon Beknazar o‘g‘li tomonidan Boʻzsuv mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaat asosida tegishli mutasaddi tashkilotga deputatlik soʻrovi yuborildi.

📩Murojaatda Boʻzsuv mahallasi Mingoʻrik koʻchasi 1-uy qarshisida joylashgan bolalar maydonchasi uzoq yillardan buyon taʼmirtalab holatga kelib qolgani, buning natijasida bolalar hamda mahalla aholisiga noqulaylik tugʻdirayotgani qayd etilgan.

🔎Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib, mahalla yettiligi vakillari ishtirokida oʻrganish olib borildi. Oʻrganish davomida bolalar maydonchasining texnik holati qoniqarsiz ekani, undagi oʻyin jihozlari eskirgani hamda maydonchani zamonaviy talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish zarurligi aniqlandi.

📝Shu munosabat bilan deputat Tojiyev Dostonjon Beknazar o‘g‘li “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan mutasaddi tashkilotdan:
— Boʻzsuv mahallasi Mingoʻrik koʻchasi 1-uy qarshisidagi bolalar maydonchasining holatini joyiga chiqib oʻrganish;
— maydonchani bugungi kun talablari asosida zamonaviy koʻrinishda qayta taʼmirlash;
— amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatga yozma axborot taqdim etishni soʻradi.

🔺Mazkur masala bolalar uchun xavfsiz va qulay dam olish maskanini yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishini taʼminlash maqsadida deputatlik nazoratiga olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4