35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Zafarbek Dovletov Pastom mahallasidagi elektr muammosini koʻtardi
янв.21
📌 Deputat aralashuvi bilan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
📌 Deputat nazorati kuchaymoqda: “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilotdagi hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasiga 61 million so‘m mablag‘ ajratildi
янв.21
📌 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi: daromadlar reja oshig‘i bilan bajarildi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI
янв.21
📌 Mahallalar jamg‘armasi mablag‘lari ijrosi yuzasidan hisobot tinglandi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash holati Kengash sessiyasida muhokama qilindi
MAHALLA MANFAATLARI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘rganishlar jarayonida “Abdulla Avloniy” mahallasi binosi yonida joylashgan aholi uchun mo‘ljallangan shiyponcha (besedka) mahalla jamg‘armasiga soliq tushumlaridan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlangan bo‘lsa-da, obyekt foydalanishga to‘liq topshirilmagani hamda hududda qurilish chiqindilari saqlanib qolayotgani aniqlandi.

💬Mazkur holat mahalla infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda jamoat joylaridan samarali foydalanishni ta’minlash nuqtai nazaridan alohida nazoratga olindi. Shu munosabat bilan deputat tomonidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.

💬Deputat so‘rovida:

🟢shiyponcha (besedka)da yakunlanmagan ta’mirlash-tiklash ishlarini qisqa muddatlarda to‘liq va sifatli yakunlash;
🟢obyektni fuqarolar foydalanishi uchun foydalanishga topshirish;
🟢hududni obodonlashtirish va qurilish chiqindilarini bartaraf etish;
🟢amalga oshirilgan ishlar hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

💬Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🫥Fuqarolar manfaati, mahalla ravnaqi va ochiq muloqot — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir.