35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📍 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik holati o‘rganildi
янв.21
💰 Qo'shimcha byudjet mablag'lari qanday yo'naltirilmoqda? Sessiya qarori ijrosi o'rganildi
янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Aholi yo‘li to‘silib qolgani bo‘yicha muammo o‘rganildi!
янв.21
📌 Deputat so‘rovi – fuqarolar muammolarini hal etishning samarali vositasi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 Hamkorlikni kuchaytirish va muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 24-masala bo‘yicha o‘rganish: Mahallada tibbiy xizmat ko‘rsatish holati nazoratda
янв.21
📌 Payshanba – Yoshlar kuni: yoshlar yetakchilari bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash – ta’limdagi teng imkoniyatlar kafolati

#172_qonun

Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash – ta’limdagi teng imkoniyatlar kafolati


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 523-sonli “Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘qishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining sifatli ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Mazkur qarorga muvofiq, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining umumta’lim maktablaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda tahsil olishi moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu orqali o‘quvchilarning darsdan keyingi mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etishi, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Shuningdek, mazkur qaror ta’limda ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarni ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.