35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📍 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik holati o‘rganildi
янв.21
💰 Qo'shimcha byudjet mablag'lari qanday yo'naltirilmoqda? Sessiya qarori ijrosi o'rganildi
янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Aholi yo‘li to‘silib qolgani bo‘yicha muammo o‘rganildi!
янв.21
📌 Deputat so‘rovi – fuqarolar muammolarini hal etishning samarali vositasi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 Hamkorlikni kuchaytirish va muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 24-masala bo‘yicha o‘rganish: Mahallada tibbiy xizmat ko‘rsatish holati nazoratda
янв.21
📌 Payshanba – Yoshlar kuni: yoshlar yetakchilari bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi
#okrugda_o'rganish

🔸Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 5-Nayman saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Ortikov Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Yoshlar ishlari bo‘limi rahbarining hisoboti oldidan “Nurafshon” mahallasida bo‘ldi.

🔸O‘rganish davomida deputat mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Mahalla yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ajratilayotgan subsiya, kredit va amaliy yordamlarning manzilliligi;

🔹 Ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka jalb etish ko‘rsatkichlari;

🔹 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda mahalla yoshlarini yoshlarni qiynayotgan dolzarb masalalar.

🔸Deputat Sh.Ortikov o‘rganish davomida aniqlangan natijalar, mavjud kamchiliklar va yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Yoshlar ishlari bo‘limi rahbarining hisoboti muhokamasi chog‘ida alohida ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

🤝 Deputatlik nazorati — har bir mahalladagi yoshlar masalasiga mas’uliyat bilan yondashish va amaliy natijalarga erishish kafolatidir.

Slide 1 of 1