35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
📌 Deputat saylovchilar oldida II chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
📌 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 Davlat dasturi ijrosi doirasida yangi savdo shoxobchasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Fuqaro salomatligi e’tiborda!
янв.21
📌 "Nilufar" oromgohida bolalar salomatligi nazorat qilinmoqda
янв.21
📌 "Dolzarb-90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputatlik nazorati: PQ–141-son qarori ijrosi o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan "Cho‘mishli" mahallasida deputatlik nazorati olib borildi.

🔹 Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son "Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🏫 Xususan, "Cho‘mishli" mahallasida joylashgan 14-son umumta’lim maktabida barpo etilayotgan 50 o‘rinli oshxona qurilishi hamda mavjud 360 o‘rinli bino kapital ta’mirlash ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur ishlar ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4