35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
📌 Deputatning sayyor qabuli uchun uyma-uy o‘rganishlar tashkil etildi
янв.21
📌 Mahalla faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 INSON QADRI UCHUN: DEPUTAT SO‘ROVI TIBBIYOT BIRLASHMASIGA YUBORILDI
янв.21
📌 10-Saidlar saylov okrugida uyma-uy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyati va istiqboldagi vazifalar o‘rganildi
янв.21
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan hisobot o‘rganildi
Deputat so‘rovi ijrosi nazoratda

22-Dovkash saylov okrugi deputati B. Sadikova tomonidan Pastdarg‘om tumanidagi 35-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganilib, ta’lim sifatini ta’minlashga ta’sir etayotgan qator muammolar yuzasidan deputat so‘rovi kiritilgan edi.

Mazkur deputat so‘rovi tegishli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqildi. Unda maktabda o‘quvchilar sonining ortib borayotgani sababli sinfxonalar yetishmasligi hamda sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi talabga to‘liq javob bermasligi qayd etildi.

Bildirilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida:

🔹 qo‘shimcha o‘quv xonalarini tashkil etish bo‘yicha tegishli investitsiya va qurilish dasturlariga taklif kiritish;

🔹 maktabni zarur sport jihozlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;

🔹 amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam monitoring olib borish belgilandi.

Shuningdek, masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yakunlari bo‘yicha deputatga qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilindi.