35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
📌 Deputat saylovchilar oldida II chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
📌 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 Davlat dasturi ijrosi doirasida yangi savdo shoxobchasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Fuqaro salomatligi e’tiborda!
янв.21
📌 "Nilufar" oromgohida bolalar salomatligi nazorat qilinmoqda
янв.21
📌 "Dolzarb-90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etildi
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova tomonidan 1-Nurobod saylov okrugiga qarashli 2-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa rahbariyati tomonidan maktabda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun “To‘siqsiz muhit” yaratish hamda korreksion sinf xonasini zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, korreksion sinf xonasini zarur mebel, maxsus didaktik vositalar va o‘quv jihozlari bilan ta’minlashda amaliy yordam zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan deputat X.Xazratova tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazib, korreksion sinf faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, “To‘siqsiz muhit” talablarini to‘liq ta’minlash hamda sinf xonasini zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3