35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Fuqarolar muammolari – deputat e’tiborida!
янв.21
🏛 Qonun ijrosi – deputat nazoratida!
янв.21
🤝 Hamkorlik – muammolar yechimining muhim omili!
янв.21
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.A. Duschanovning 2026-yil 1-yarim yillik hisoboti tinglandi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Zokir Rahmonovning 2026-yil I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
янв.21
💡 Fuqarolar murojaati – deputat e’tiborida!
янв.21
📍 Siyosiy partiyalar Kengash raislari bilan seminar o’tkazildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
🌿 YOSHLAR — OBODLIK TASHABBUSKORLARI!
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi

Deputat nazorati – Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo'lida

Bandixon tumani Bahoriston MFY hududida aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish, ichki yo'llar holatini yaxshilash va transport qatnovini xavfsiz hamda qulay tashkil etish maqsadida Bog‘bonlar, Uzun, Mirzo Ulug‘bek, Turon Temuriylar va Sharq Yo‘l ko‘chalarida jami 5 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari jarayonlari boshlab yuborildi.

Mazkur loyiha doirasida yo‘llarning texnik holati, asfaltlash hajmi, tayyorgarlik ishlari hamda qurilish jarayonining sifatli tashkil etilishi bo‘yicha joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 14-"Bahoriston" saylov okrugidan saylangan deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich hamda tuman Kengashi bosh mutaxassis B.Qurbonovlar Bahoriston mfy hududiga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari bilan tanishdi..

O‘rganish davomida mas'ul tashkilotlar vakillari bilan loyiha ijrosi, yo‘llarning holati va qurilish ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, ushbu ko‘chalarning asfaltlanishi mahalla aholisi uchun harakatlanish qulayligini oshirish, transport qatnovini yaxshilash, chang va loy muammolarini kamaytirish, shuningdek, hududning obodonlashuvi va infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholining murojaat va takliflari asosida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari mahallalarda yashash sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Kelgusida ham deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar va loyihalar ijrosi doimiy nazoratda bo‘lib, fuqarolar manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

Obod mahalla – farovon hayot, ravon yo‘llar esa taraqqiyot va rivojlanish garovidir.

Slide 1 of 2