35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Fuqarolar muammolari – deputat e’tiborida!
янв.21
🏛 Qonun ijrosi – deputat nazoratida!
янв.21
🤝 Hamkorlik – muammolar yechimining muhim omili!
янв.21
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.A. Duschanovning 2026-yil 1-yarim yillik hisoboti tinglandi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Zokir Rahmonovning 2026-yil I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
янв.21
💡 Fuqarolar murojaati – deputat e’tiborida!
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📍 Siyosiy partiyalar Kengash raislari bilan seminar o’tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
🌿 YOSHLAR — OBODLIK TASHABBUSKORLARI!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌸 XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

🏡 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova hamda Sherobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Aminova hamkorligida "Cho‘yinchi" mahallasida xotin-qizlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida xotin-qizlarning bandligi, oilaviy masalalari, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kundalik hayotda uchrayotgan dolzarb muammolari yuzasidan murojaat va takliflar tinglandi.

📋 Bildirilgan murojaatlar joyida o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olinishi ta'kidlandi.

💬 Ochiq muloqot davomida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta'minlash hamda muammolarini tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil ma'lumot berildi.

🌿 Bunday uchrashuvlar aholining murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4