35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Zafarbek Dovletov Pastom mahallasidagi elektr muammosini koʻtardi
янв.21
📌 Deputat aralashuvi bilan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
📌 Deputat nazorati kuchaymoqda: “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilotdagi hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasiga 61 million so‘m mablag‘ ajratildi
янв.21
📌 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi: daromadlar reja oshig‘i bilan bajarildi
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI
янв.21
📌 Mahallalar jamg‘armasi mablag‘lari ijrosi yuzasidan hisobot tinglandi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash holati Kengash sessiyasida muhokama qilindi
“Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi: fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi

“Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi: fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

“Adolat” SDPning “Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova o‘zi saylangan okrug hududida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotlar davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy va maishiy masalalar, kommunal xizmatlar, infratuzilma hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Tezkor yechim talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish va ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini joyida o‘rganish hamda muammolarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4