35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosarlari A.Turabovning mahallalarda faol nuroniylar va jamoatchilik nazorati asosida aniqlangan muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan axboroti, shuningdek, X.Kurbanovaning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Muhokamalar yakunida tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4