Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Guliston mahallasida xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Jumladan, ular "Mis Parvina TEK" tikuvchilik korxonasiga tashrif buyurib, korxona faoliyati, yaratilgan ish oʻrinlari hamda mahalla xotin-qizlarini doimiy bandlik bilan taʼminlash yoʻnalishida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdilar.
Bunday tashabbuslar aholi farovonligini oshirish, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.