35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Fuqaro salomatligi e’tiborda!
янв.21
📌 "Nilufar" oromgohida bolalar salomatligi nazorat qilinmoqda
янв.21
📌 "Dolzarb-90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etildi
янв.21
📢 MAHALLALARIMIZ OBOD BOʻLMOQDA: 4,5 KM YOʻL ASFALTLANADI!
янв.21
📌 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi👇
янв.21
📌 Xalq bankida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat tomonidan gaz ta’minoti korxonasidan axborot talab qilindi
янв.21
📌 Viloyat Kengashi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash – ustuvor vazifa: Ko‘prik masalasida deputatlik so‘rovi yuborildi

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash – ustuvor vazifa: Ko‘prik masalasida deputatlik so‘rovi yuborildi


Yangi ro‘zg‘or va Ittifoq mahallalarini bog‘lovchi ko‘prikning ta’mirlanishi tuman infratuzilmasini rivojlantirish doirasida nazoratga olinadi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Toxirovga “Yangi ro‘zg‘or” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillari tomonidan mahalla infratuzilmasidagi eng og‘riqli muammolardan biri yuzasidan jamoaviy murojaat kelib tushdi.

Murojaatda “Yangi ro‘zg‘or” va qo‘shni “Ittifoq” mahallalarini o‘zaro bog‘lovchi, avtomobillar harakati uchun mo‘ljallangan ko‘prikning bugungi kunda avariya holatiga kelib qolganligi, bu esa har ikki mahalla ahlining kundalik turmushiga, ayniqsa transport qatnoviga jiddiy to‘sqinlik qilayotgani bayon etilgan.