35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyati va istiqboldagi vazifalar o‘rganildi
янв.21
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish davomida fuqaro murojaati tinglandi
янв.21
DEPUTAT SO’ROVI NATIJA BERDI: ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi👇
Tepaqo‘rg‘on mahallasidagi bolalar va sport maydonchalari holati o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #haftalik_ish_reja_ijrosi


Tepaqo‘rg‘on mahallasidagi bolalar va sport maydonchalari holati o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan "25-Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Galina Xamitova tomonidan o‘z saylov okrugidagi Tepaqo‘rg‘on mahallasida joylashgan sport va bolalar maydonchalarining holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📂 O‘rganish xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi asosida, xususan, mahallalarda aholi va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylardagi sport zallari hamda mavjud sport jihozlarining holatini o‘rganish yo‘nalishida amalga oshirildi.

🕯 O‘rganish jarayonida mahalladagi sport va bolalar maydonchalarining jihozlanishi, ularning texnik holati hamda foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, 39- va 40-ko'p qavatli uylar oldida joylashgan bolalar maydonchasidagi ayrim jihozlarning nosoz holatga kelgani aniqlandi.

📝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida mazkur masala mas’ul boshqaruv servis kompaniyasi vakillariga yetkazilib, maydonchadagi nosoz jihozlarni ta’mirlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

🗂 Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ–1123-son “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

📈 Mazkur o‘rganishda bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📈 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6