35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
📌 Deputat saylovchilar oldida II chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
📌 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 Davlat dasturi ijrosi doirasida yangi savdo shoxobchasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Fuqaro salomatligi e’tiborda!
янв.21
📌 "Nilufar" oromgohida bolalar salomatligi nazorat qilinmoqda
Yoshlar etakchisi faoliyati va qonunchilik ijrosi o‘rganildi.

Yoshlar etakchisi faoliyati va qonunchilik ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashiga O'zLiDeP partiyasidan 17-Boyg'uli saylov o'krugi deputati I Abdurahmanova nomidan kotibiyat bosh mutahasisi O Abdulaxatova tomonidan "Boyg'uli" MFY da bo‘lib, yoshlar yetakchisi U Yusupovning faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimining tashkil etilishi, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan:
- yoshlarning bandligini ta’minlash;
- kasb-hunarga yo‘naltirish;
- tadbirkorlikka jalb etish;
- bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish;
- iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-92-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda o‘rganildi.

Qaror doirasida:
“Yoshlar daftari” bilan ishlash holati;
yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
bandlikni ta’minlash mexanizmlari;
muammolarni tizimli hal etish yo‘nalishlari alohida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisining faoliyatiga oid hujjatlar, hisobotlar va yuritilayotgan ma’lumotlar bazasi ham o‘rganilib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
17.07.2026
👇👇👇
https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 3