35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Fuqaro salomatligi e’tiborda!
янв.21
📌 "Nilufar" oromgohida bolalar salomatligi nazorat qilinmoqda
янв.21
📌 "Dolzarb-90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etildi
янв.21
📢 MAHALLALARIMIZ OBOD BOʻLMOQDA: 4,5 KM YOʻL ASFALTLANADI!
янв.21
📌 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi👇
янв.21
📌 Xalq bankida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat tomonidan gaz ta’minoti korxonasidan axborot talab qilindi
янв.21
📌 Viloyat Kengashi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
Huquqiy bilim - samarali deputatlik faoliyati asosi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar ijrosi ustidan ta'sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligini ta'minlash uchun amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Sog‘liqni saqlash yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan doimiy komissiya a'zolari, deputatlar va kotibiyat xodimlari quyidagi asosiy qonun hujjatini chuqur o‘rganishlari tavsiya etiladi.

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Qabul qilingan sana: 1996-yil 29-avgust
Qonun raqami: № 265-I

Mazkur Qonun fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini kafolatlaydi hamda sog‘liqni saqlash tizimining huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgilaydi.

Qonunda, jumladan:
🔹 fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari va majburiyatlari;
🔹 davlatning sog‘liqni saqlash borasidagi vakolatlari;
🔹 tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari;
🔹 profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish;
🔹 ona va bola salomatligini muhofaza qilish;
🔹 sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash;
🔹 tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlari;
🔹 sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish va boshqarish masalalari o‘z aksini topgan.

Ushbu Qonun normalarini puxta o‘zlashtirish deputatlarga sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini samarali o‘rganish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va mavjud muammolarni xolis baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.