35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
📌 Deputatning sayyor qabuli uchun uyma-uy o‘rganishlar tashkil etildi
янв.21
📌 Mahalla faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 INSON QADRI UCHUN: DEPUTAT SO‘ROVI TIBBIYOT BIRLASHMASIGA YUBORILDI
янв.21
📌 10-Saidlar saylov okrugida uyma-uy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyati va istiqboldagi vazifalar o‘rganildi
янв.21
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan hisobot o‘rganildi
Deputat va saylovchilar ochiq muloqoti

 ✏️ “23-Zig‘ir” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Zarifaxon Maxkamova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, o‘zi saylangan saylov okrugida saylovchilarga joriy yil ikkinchi choragida amalga oshirgan faoliyati, o‘z saylovoldi dasturining bajarilishi yuzasidan axborot berdi.  

Uchrashuvda tuman tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda mahalla "yettiligi" a’zolari ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi. 

🔰 Xususan: Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar, yuborilgan deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi, saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati, saylov okrugidagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, uchrashuvda mahalliy Kengashlarning vakolatlari, deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda zarurat tug‘ilganda tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuborish mexanizmi yuzasidan saylovchilarga batafsil tushuntirishlar berildi. Saylovchilarning
murojaat va takliflari tinglanib, ularning tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilot vakillariga yo‘naltirilishi kelishib olindi.
 

▶️ Deputat sa’y-harakati bilan hududdagi OShP uchun qo‘shimcha bino qurilgan edi. Uchrashuv yakunida “Zig‘ir” MFY hududida joylashgan 7-umumt’lim maktabiga o‘quvchilar sig‘imi ortib borayotganligi hisobiga qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha aholi murojaati inobatga olindi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1