Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosini o‘rganish jarayoni tashkillashtirildi
янв.21
"Mustaqillik" bayramining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar qabuli partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan o‘tkazildi
янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallalar uyushmasi faoliyati va istiqboldagi vazifalar yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta'minlash maqsadida hududlarda tizimli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zosi, deputat S.Azizov tomonidan Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrda qabul qilingan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–996-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda 4 150 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 1 471 ta xonadon va 1 521 ta oila mavjud. Aholining 2 140 nafari ayollar, 2 010 nafari erkaklar hamda 1 300 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, profilaktik hisobda 12 nafar fuqaro, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan 2 nafar shaxs hamda jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan 3 nafar fuqaro bilan tegishli profilaktik va ijtimoiy moslashtirish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mutasaddi tashkilotlarning bu boradagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mas'ul mutaxassislar bilan qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta'minlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4