35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Sessiya kun tartibidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
📌 Deputat saylovchilar oldida II chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi
янв.21
📌 Mahalliy budjet ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
📌 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 Davlat dasturi ijrosi doirasida yangi savdo shoxobchasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🚨 DEPUTAT SO‘ROVI: Fuqaro salomatligi e’tiborda!
янв.21
📌 "Nilufar" oromgohida bolalar salomatligi nazorat qilinmoqda
PQ–209 qarori ijrosi - Vatanparvar mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o'rganish

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi


PQ–209 qarori ijrosi - Vatanparvar mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o'rganish

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "22-Vatan" saylov okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan haftalik ish rejasiga muvofiq Vatanparvar mahallasida deputatlik o'rganishi o'tkazildi.

📊 O'rganish eng muhim 24 talik tavsiyalar asosida tashkil etilib, mahalla yettiligi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim va yoshlar yetakchisining faoliyati PQ–209-sonli Prezident qarori ijrosi doirasida tahlil qilindi.

📇 Mahallada 28 ta koʻp qavatli uyda 2 056 ta oila va jami 5 641 nafar fuqaro istiqomat qilishi, Ijtimoiy reyestrda 38 nafar fuqaro roʻyxatda ekani, shundan 11 nafari davlat qaramogʻida ekani maʼlum qilindi. Ehtiyojmand fuqarolarga vaucher tizimi hamda boshqa ijtimoiy xizmatlar orqali koʻmak koʻrsatilayotgani qayd etildi.

💬 Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi.

💼 Ushbu oʻrganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda bosh mutaxassis Umidbek Abilov ishtirok etdi. Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5