Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarni eshitishning yangi tartibi tasdiqlandi
янв.21
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
📌 Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi
янв.21
📌 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

🇺🇿 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda:

✍️ "Uchtepa tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda “Ayollar daftari” orqali amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida" tuman xotin-qizlar bo'limining hisoboti eshitilib, muhokama qilindi hamda atroflicha ko‘rib chiqildi.

   💬 Doimiy komissiya raisi Saodat Dusmuxamedova hamda doimiy komissiya a’zolari — Sh.Mustafayeva, I.Abdullayev, Z.Xaydarova hamda Sh.Tursunovalar hisobotni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari U.Abilov va Z.Kuziyevalar ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

✅ Mazkur masala tumanda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog'lig'ini mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5