Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarni eshitishning yangi tartibi tasdiqlandi
янв.21
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
📌 Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi
янв.21
📌 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi
Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Chimyon” mahallasi fuqarolari maktabgacha ta’lim tashkilotidagi daraxtlarning qurigan katta shohlari ular istiqomat qilayotgan ko‘p qavatli uy oldiga tushishi va inson salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan biror-bir nohush holatlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida murojaat qilishgan.

Ushbu murojjaatni ko‘rib chiqish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani “Chimyon” mahallasidagi 148-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga borib, o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, bog‘chadagi katta daraxtlarning holati, qurigan katta shoxlarining mavjudligi va tashkilot yonidagi ko‘p qavatli uylarga ta’sir darajasi ko‘rib chiqildi.

Tashkilot mutasaddilari daraxtning qurigan shoxlarining joylashuvi juda balandda ekanligi hamda ular tomonidan chaqirtirilgan maxsus transport vositasining balandlik bo‘yicha imkoniyati cheklangan bo‘lganligi va hozirda qurigan shoxlar tagi yashil holatda ekanligini ma’lum qilishdi.

Ushbu holatni hamkorlikda o‘rganish maqsadida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga deputatlik so‘rovini yuborish belgilandi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ishtirok etdi.

Slide 1 of 3