Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarni eshitishning yangi tartibi tasdiqlandi
янв.21
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
📌 Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi
янв.21
📌 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulchexra Axmedova ishtirokida “Zakovat” mahallasida ayni yozgi mavsum vaqtida elektr ta’minoti barqaror ishlamayotganligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman hokimligi va elektr tarmoqlari mutasaddi vakili, “mahalla yettiligi” hamda mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etdi. O‘tkazilgan yig‘ilishda mahalla aholisi elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar va kuchlanishning pasayishi bo‘layotganligi bu esa yozgi mavsumda aholi uchun juda ko‘p noqulayliklar tug‘dirayotganligi ma’lum qilishdi.

Tadbir davomida deputat ishtirokida ushbu holat muhokama qilindi. Xususan, hudud elektr tarmoqlari mas’ul vakiliga mahallada elektr ta’minoti korxonalarining ishchi-xodimlari tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida avariya holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va joylardagi mavjud elektr energiyasini taqsimlash transformator punktlarida ta’mirlash ishlari izchil olib borish lozimligi haqida ta’kidlandi.

Darhaqiqat, har qanday muammoni o‘z vaqtida hal qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha samarali mexanizmlardan foydalanish nafaqat iste’molchilar, balki jamiyat faoliyatidagi unumdorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4