35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
📌 Deputatning sayyor qabuli uchun uyma-uy o‘rganishlar tashkil etildi
янв.21
📌 INSON QADRI UCHUN: DEPUTAT SO‘ROVI TIBBIYOT BIRLASHMASIGA YUBORILDI
янв.21
📌 Mahalla faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 10-Saidlar saylov okrugida uyma-uy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyati va istiqboldagi vazifalar o‘rganildi
янв.21
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan hisobot o‘rganildi
"Olti o‘g‘il" mahallasida xotin-qizlar faolining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi
"Olti o‘g‘il" mahallasida xotin-qizlar faolining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdugapparova hamda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar tumanidagi "Olti o‘g‘il" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.

📌6 oylik sarhisob: erishilgan yutuqlar va natijalar

Muloqot davomida "Olti o‘g‘il" MFY xotin-qizlar faolining joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, erishilgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari atroflicha ko‘rib chiqildi.

📌Hisobot davrida hududda quyidagi yo‘nalishlarda sezilarli natijalarga erishilgani qayd etildi:

Bandlik va tadbirkorlik: Mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni hunarmandchilik, kasanachilik va tomorqa xizmatiga jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha qilingan ishlar;

Ijtimoiy daftarlar bilan ishlash: "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga manzilli moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularni ro‘yxatdan chiqarish borasidagi shaffoflik;

Oilaviy munosabatlar: Mahalladagi oilaviy ajrimlarning oldini olish, notinch oilalar bilan individual ishlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish.

📖O‘rganish jarayonida viloyat va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari xotin-qizlar faolining ish yuritish hujjatlari, murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandilar. Yarim yillik yakunlar bo‘yicha erishilgan ijobiy natijalar e’tirof etilib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

❗️O'rganish yakunida mahalla faolining faoliyatini yanada takomillashtirish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 5