35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
📌 Deputatning sayyor qabuli uchun uyma-uy o‘rganishlar tashkil etildi
янв.21
📌 INSON QADRI UCHUN: DEPUTAT SO‘ROVI TIBBIYOT BIRLASHMASIGA YUBORILDI
янв.21
📌 Mahalla faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 10-Saidlar saylov okrugida uyma-uy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyati va istiqboldagi vazifalar o‘rganildi
янв.21
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan hisobot o‘rganildi
Yoshlar masalalariga oid ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i L. Ro‘ziyevning 2026 yilning birinchi yarim yilligi davomida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti keng muhokama qilindi. 

Hisobotda yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniy tadbirlarga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
⚡️Doimiy komissiya a’zolari hisobot yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
⚡️Muhokama yakunida yoshlarga oid davlat siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3