Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berish reja-grafigi tasdiqlandi
янв.21
Deputat tomonidan biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat Yangi Zamin mahallasida saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida qonunlar ijrosini o‘rganish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan fuqarolarning uy-joyi ta'mirlandi
янв.21
Mahalla faollari va "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan tumanning “og‘ir toifadagi” “Baymurzayev mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirishga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l asosini tayyorlash, eski qoplamani tozalash, yo‘l sathini tekislash, shag‘al va qum-shag‘al qatlamlarini yotqizish, suv chiqarish tarmoqlarining holati hamda qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha va texnik talablar asosida olib borilishi ko‘zdan kechirildi.

Deputat pudratchi tashkilot mutasaddilari, texnik nazorat va mahalla faollari bilan suhbatlashib, asfaltlashtirish ishlari sifatli va uzoq muddat xizmat qilishi uchun tayyorgarlik bosqichlarini barcha me’yoriy talablar asosida bajarish muhimligini ta’kidladi. Ayniqsa, yo‘l asosini mustahkamlash, zarur joylarda suv qochirish tizimlarini barpo etish hamda qurilish materiallarining sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3