Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarni eshitishning yangi tartibi tasdiqlandi
янв.21
FHDYO bo‘limida xizmatlar sifati va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
📌 Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi
янв.21
📌 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi joyida o‘rganildi
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 4-Ko‘chkak saylov okrugidan saylangan deputat Turdiqulov Komiljon tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov bilan hamkorlikda “Bodomzor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganishlar “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha” belgilangan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar “mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar va hamkorlik rejasi belgilandi. Murojaatlarni nazoratga olish, ularning ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar natijalari haqida aholini muntazam xabardor qilib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mahalla faollariga mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati, ularning ahamiyati hamda amaliyotdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish va mavjud muammolarni hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan fikr ham almashildi.

Slide 1 of 1